Samarqand tumanida Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida bir qator dolzarb mavzular — yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini shakllantirish, kreditlash jarayonlaridagi yangiliklar, yer maydonlari va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
🔺Tuman hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida fikr almashib, bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlar oldida turgan to‘siqlarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi.





