Samarqand tumanidagi “Oq Amur” fermer xo‘jaligida baliq sayli o‘tkazildi
Samarqand tumanidagi “Oq Amur” fermer xo‘jaligida baliqchilikni rivojlantirish, zamonaviy eko turizm yo‘nalishlarini kengaytish va ushbu sohada ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
👨💼 Tadbirda fermer xo‘jaliklari va eko turizm sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi. Seminar davomida ishbilarmonlar zamonaviy baliqchilik texnologiyalari, suv mahsulotlarini yetishtirishdagi yangi usullar va ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi, baliqchilik va turizm sohasidagi ilg‘or tajribalarni samarali joriy etishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Ushbu seminar Samarqand tumanidagi agrar va turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi va fermerlar hamda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.





