insurez
28-02-2025 11:00

“Sho‘rboicha” mahallasidagi yo‘llar aprel oyida asfalt qilinadi


#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani “Sho‘rboicha” mahallasi “Diyor Hakim” ko‘chasining ta’mirtalab holatidan shikoyat qilingan post e’lon qilindi.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ullari holatni joyiga borgan holda o‘tgandi.

Aniqlanishicha, haqiqatda ham mahalliy ahamiyatga ega 30V032B avtomobil yo‘lida turli chuqurliklar yuzaga kelgan. Holat mas’ullar tomonidan joriy yilning aprel oyi yakuniga qadar bartaraf etilib, ushbu ko‘cha asfalt qilininadigan bo‘ldi. Mazkur holat bo‘yicha mahalla fuqarolariga tushuntirish ishlari olib borildi.

Teglar
- -