insurez
24-03-2025 17:54

Soliq inspektori — mahalla iftixori


Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan sohaning bir guruh fidoyi vakillari “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboev mukofotlarni o‘z egalariga topshirish chog‘ida mahalla tizimi bugun davlat va jamiyat hayotida muhim o‘rin va nufuzga ega bo‘lib borayotganini ta’kidladi.

Samarqand tumanidagi “Qo‘shtamg‘ali”, “Konigil” va “Pulimug‘ob” mahalla soliq inspektori San’at Narziqulov “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rildi.

Teglar
- -