insurez
23-07-2025 16:30

Takroriy ekinlar ekish ishlari tizimli davom etmoqda


Samarqand tumanida takroriy ekinlar maydonlarini kengaytirish, yerdan samarali foydalanish va aholi bandligini ta’minlash maqsadidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda g‘alla o‘rniga takroriy ravishda dukkakli ekinlar, kartoshka mahsulotlari ekilishi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur jarayon tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Xasanov rahbarligida qat’iy nazoratga olingan.

Hududdagi barcha fermer xo‘jaliklari va mahalla faollari bilan hamkorlikda ekin turlarini hudud sharoitiga mos ravishda joylashtirish, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Natijada har bir qarich yer hosildorlik manbaiga aylantirilmoqda. Yil yakuniga qadar tuman bo‘yicha mo‘’tadil hosil olish, mahalliy bozorlarda arzon va sifatli mahsulotlar ulushini oshirish maqsadida ishlar tizimli davom ettiriladi.

Teglar
- -