insurez
03-12-2024 11:54

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi


Anjumanda Nodir Mo‘minov tumanda fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, kelgusida bu borada bajariladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Faromoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil III-choragi davomida  qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi – deydi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minov. - Bo‘lim tomonidan 2024 yil III-choragi davomida kelib tushgan 127 ta xat va hujjatlarning 112 tasi ko‘rib chiqilib, shulardan 14 tasi rahbar huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilingan, 7 tasi bo‘yicha nazorat rejasi, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, 12 tasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan, 6 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Ushbu topshiriqlarning 4 tasi doimiy ijrodagi topshiriq xatlarni tashkil qiladi.

Bo‘limga joriy yil III-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 166 ta turli mazmundagi shikoyatlari kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 145 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shulardan 90 tasi qanoatlantirilgan, 55 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish berilgan, 16tasi ta’lluqli bo‘yicha boshqa tashkilotga yuborilgan.

Kelib tushgan shikoyatlarning 79 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 87 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid shikoyatlarni tashkil etadi.

Kelib tushgan shikoyatlarning 26 tasi joyiga chiqib bevosita murojaat muallifi ishtirokida o‘rganib chiqilgan. 9ta murojaatni o‘rganib chiqish uchun mutaxassis jalb qilingan.

Shikoyatlarni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha 31 ta taqdimnoma hamda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida vakolatli organga 16 ta taklif kiritilgan.

Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 25 nafar aybdor xodimga nisbatan tegishli intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan, 16 nafar aybdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda, 16 tasi mehnat nizolari yuzasidan bo‘lib, 14 tasi oylik ish haqini olish masalasida, 6 tasi ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 17 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 4 tasi kommunal to‘lovlar yuzasidan, 8 tasi soliq soxasiga oyid, 38tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan shikoyatlardir.

Bo‘limga 2024 yil II-choragi davomida fuqarolardan jami 137 ta turli mazmundagi arizalar kelib tushgan bo‘lib, ushbu arizalarning barchasi ko‘rib chiqilgan. Hal etilgan arizalarning 37 tasi qanoatlantirilgan, 85 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish berilgan.

Bo‘lim tomonidan muntazam ravishda shaxsiy qabullar, sayyor qabullar o‘tkalzib kelinib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinmoqda. O‘tkazilgan shaxsiy qabullar jarayonida 172 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, shaxsan bo‘lim boshlig‘i tomonidan qabul qilingan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari 93 ta, bo‘lim xodimlari tomonidan qabul qilingan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari 79 tani tashkil qiladi.

Bo‘lim tomonidan 2024 yil III-choragi davomida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 14 ta takliflar berilgan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlarining turlari bo‘yicha tahlil qilinganda tashkilotlar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman hokimligiga 503 ta, ta’lim sohasiga oid 2594 ta, sog‘liqni saqlash sohasiga oid 698 ta, davlat kadastri xizmati idorasiga oid 204 ta, sanitariya va epidemiologiyaga 29 ta, bandlik va mehnat munosabatlarida 2304 ta, tabiiy gaz ta’minotiga oid 11 ta, soliq idorasiga tegishli 488 ta va boshqa tashkilotlar bo‘yicha 4006 ta qonubuzilishlarni tashkil etadi.

Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, monitoring hamda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan kiritilgan 83 ta takliflarga, shundan 18 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalarga asosan 83 nafar aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Teglar
- -