insurez
19-02-2025 16:54

Tuman hokimi maktabga kitob sovg‘a qildi


Kelajak avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash maqsadida kitobxonlikni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirishga bag‘ishlab turli tadbirlar, xayriya aksiyalari tashkil etilmoqda. O‘zbek hamda jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Bugun tuman hokimi S.Usmanov tumandagi 52-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, kitob fondini boyitishga o‘z hissalarini qo‘shgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

“Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida tashkil etilgan aksiya doirasida jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarining ijod na’munalaridan tashkil topgan badiiy asarlar to’plamini maktab kutubxonasiga topshirdi. O‘quvchilar bilan kitobning inson shaxsi va ma’naviyati shakllanishidagi ahamiyati xususida bevosita muloqot qildi hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Qayt etish kerakki, aksiya doirasida umumta’lim maktabalari kutubxonalariga homiylar tomonidan 36 mingdan ortiq bo‘lgan badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Teglar
- -