Tuman hokimi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Anjumanda investitsiya sohasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
- 2024 yilda jami 18 ta loyihalar doirasida 38,3 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi, - deydi tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov. – Shundan, 1-sektor hududida 7 ta loyiha doirasida 21,3 mln.dollar, 2-sektor hududida 3 ta loyiha doirasida 9,4 mln.dollar, 3-sektor hududida 3 ta loyiha doirasida 3,2 mln.dollar va 4-sektor hududida 2 ta loyiha doirasida 4,5 mln.dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Misol uchun, "MASTER PRIME JIANGSU MITTAL" MChJ QK tomonidan “Cendvich panel, penoplast va profnastil ishlab chiqarish” 5,0 mln.dollar, “INTERAGRO ZO`R PANEL” tomonidan “Muzlatkich agregatlari, bug‘lashtirish va kondensatorlar ishlab chiqish” 4,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
2024 yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 2 trln. 746,1 mlrd. so‘mlik jami 95 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2266 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida umumiy qiymati 1 trln 727,8 mlrd. so‘mlik 73 ta loyihalar ishga tushirilib, 2310 ta yangi ish o‘rnlari yaratildi va belgilangan reja 101 foizga bajarildi. Ushbu loyihalarga 717 194 mlrd. so‘mlik loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari, 98,1 mlrd. so‘mlik bank kreditlari, 85,5 mln. dollar xorijiy kreditlar va 13,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirildi.
2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida 53 ta eksportyor korxonalar tomonidan 29 dan ortiq davlatlarga, 137 turdagi, jami 96,8 mln. dollar qiymatidagi sanoat va qishloq ho‘jaligi mahsulotlari eksportga chiqarilib, 2024 yil uchun belgilangan reja 90,1 foizga bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 176,6 foizni tashkil etdi.
Shundan, sanoat mahsulotlari hisobidan 54,9 mln. dollar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobidan 41,9 ming dollar qiymatidagi mahsulotlar eksportga chiqarildi.
Rossiya Federatsiyasiga 43,3 mln.dollar, Xitoy Xalq Respublikasiga 13,0 mln.dollar, Belorussiya Respublikasiga 8,5 mln.dollar, Tojikiston Respublikasiga 12,5 mln.dollar, Qozog‘iston Respublikasiga 2,5mln.dollar, Litvaga 2,1mln.dollar va boshqa davlatlarga 14,9 mln.dollar qiymatidagi mahsulotlar eksport qilindi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 22 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilinib, ular 11,5 mln.dollarlik mahsulotlarni Rossiya, Belorusiya, AQSh davlatlariga eksport qildi.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.