insurez
25-09-2025 18:18

Tuman hokimining o'rinbosari oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i Madina Baratovaning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqiga munosabati


Mening fikrimcha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mamlakatimizning xalqaro maydondagi faol va mas’uliyatli pozitsiyasini yaqqol namoyon etdi. Prezident tomonidan ko‘tarilgan global muammolar — ekologik inqirozlar, tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish — bugungi kunda butun insoniyat uchun eng dolzarb masalalar hisoblanadi.

Xususan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Orolbo‘yi ekologiyasidagi vaziyatni yaxshilash yo‘nalishidagi tashabbuslar mamlakatimizning jahon miqyosida ham ekologik, ham ijtimoiy masalalarga nisbatan mas’uliyatli yondashuvini namoyon etdi.

Shu bilan birga, inson huquqlari va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish haqidagi chaqiriqlar O‘zbekistonning demokratik qadriyatlarga sodiqligini ko‘rsatdi.

Ushbu nutq mamlakatimiz nufuzini xalqaro hamjamiyatda yanada oshirishga, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu ham O‘zbekiston uchun katta imkoniyat, ham katta mas’uliyatdir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, Shavkat Mirziyoyevning nutqi yurtimizning kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim tarixiy hujjat sifatida tarixda qoladi.

Teglar
- -