Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suxrob Mirsaidov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Unda elektr energiyasini uzluksiz ta’minlab berish borasidagi ishlar xususida so‘z yuritildi.
Qayd etish kerakki, mamlakatimiz energetika sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa fursat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan qator farmon, qarorlari asosida tizim faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqilib, yangicha tus olmoqda.
Energetika xavfsizligini ta’minlash, yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishi, iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish va iste’molchilarning hududiy elektr tarmoqlaridan keng foydalanishini ta’minlash hamda energiya hosil qiluvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiyalash, rivojlantirish jarayonlariga investitsiyalar jalb qilish va mexanizmlarini joriy etish kabi vazifalar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridir.
Tumanda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan davrda 30 dona yangi transformator o‘rnatildi, 780 dona beton ustun hamda 28 km havo liniyasi tortildi.
Bundan tashqari mahallalarda 115 dona transformator punkti, 210 km uzatish tarmoklari mukammal ta’mirlandi, 32 km elektr uzatish tarmoklari daraxt shoxlaridan tozalandi, joriy yilning oktiyabr oyida 6 ta TP, 270 dona beton stolba va 5200 metr SIP kabellar olib kelinib, o‘rnatildi. Ayni kunlarda ham bu jarayonlar jadallik bilan olib borilib, tumanda uzluksiz elektr energiyasini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.