Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi Bunyod Rahmonqulov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi Bunyod Rahmonqulov ishtirokida оchiq suloqot o‘tkazildi
Unda tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, ayni kunlarda Samarqand tumanida 66-son madaniyat markazi, 67-son “Afrosiyob” (2-son Ravonak) madaniyat markazi, 68-son “Sharq” (3-son X.A.Valiy) madaniyat markazi, 69-son “Registon” madaniyat markazi hamda 70-son “Ohang” madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda.
Madaniyat markazlarida faoliyat yuritib kelayotgan 26 ta to‘garaklarda jami 243 nafar yoshlar jalb qilingan. Shuningdek, 25 ta shtat birliklarida 28 ta xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 18 ta ijodiy xodimlar faoliyat olib borib, 12 ta oliy va 11 ta o‘rtamaxsus xodimlar, qolgan 5 nafar yoshlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom yettirishmoqda.
Tumandagi 68-son madaniyat markazi binosi davlat-xususiy sherikchilik asosida “Feres Marokand” MChJ rahbari Xakimjonov Islom tomonidan jami 0,06 ga yer maydoniga 2-qavatli zamonaviy madaniyat markazi, qolgan qismida o‘quv markazi, IT to‘garaklari tashkil yetish taklifi bildirilib, hozirda ishlar boshlangan. Tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda, Madaniyat vazirligiga taqdim etish uchun hujjatlar yuborildi.
Samarqand tumanida mavjud 5 tamadaniyat markazlarida 15 turdagi 25 ta havaskorlik to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Hozirda ushbu to‘garaklar tomonidan 243 nafar havaskorlar qamrab olingan.
Shuningdek, 5 tashabbus doirasida 2 ta “Boychechak” va 1 ta “Iftixor” havaskorlik to‘garaklari faoliyati tashkil qilinib, ularga 22 nafar bolalar jalb qilingan.
Ravonak madaniyat markazini qurilish-ta’mirlash uchun mahalliy budjetning II chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 120,0 mln.so‘m ajratildi. “Binokor qurilish” MChJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ochiq muloqotda ishtirokchilar savollariga batafsil javob olishdi.