insurez
05-06-2024 17:03

Tumanda elektr ta’minoti qay darajada?


Tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Asad Shukurov ushbu saolllarga javob qaytardi.

Keyingi yillarda yurtimizda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, tumanimizda ham bu jarayon jadallik bilan amalga oshirilyapti.

E’tibor qaratadigan bo‘lsak, tumanda hozirgi kunda 57 ming 496 ta iste’molchilar mavjud. Shundan 54151 ta aholi istemolchi, 3345 ta yuridik istemolchilar bor.

Joriy yilning may oyiga qadar aholiga elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida qator ishlar olib borildi. Masalan, Konigil mahallasida 700 metr 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘i tortildi va 400 kVali transformator punkti o‘rnatildi. Bundan tashqari Badal mahallasida 160 kVali transformator punkti o‘rnatildi va 40 dona beton ustun o‘rnatildi. Kozikurgon mahallasida 160 kVali transformator punkti, Yangijoy mahallasida 40 dona beton ustunlar, Dashtiobod mahallasida 250 kVali transformator punkti hamda Gulobod mahallasida 250 kVali transformator punkti o‘rnatildi.

Mazkur ishlar jarayonida og‘ir hududlar ham belgilanib, chora-tadbir rejalari ishlab chiqilgan. Misol uchun, Chumchuqli mahallasida 40 dona beton ustunlar o‘rnatildi. Bundan tashqari Samarkand tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joriy yilning may oyiga kadar 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmoklari hamda transformator punktlari mukammal ta’mirlandi. 46 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi. 10-6-0,4 kVli elektr uzatish tarmoklari 86,6 km, 158 dona transformator punkti xamda 106,5 km 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi. Bundan tashkari 15,30  km elektr uzatish tarmoklari daraxt shoxlaridan tozalandi.

Anjumanda mavzuga oid masalalar muhokama qilindi.

Teglar
- -