insurez
06-06-2024 15:58

“Tumanda qo‘yosh panellarining samaraborligi qay darajada”


Tuman hokimligida shu mavzuga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs G‘aniev ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-dekabrgadi PQ-57-sonli qaroriga asosan “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaroriga asosan Samarqand tumanida xam qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanimizda 2023 yilda 246 ta aholi xonadonlarida quyosh panelari o‘rnatilish rejalashtirilgan bo‘lib, 316 ta xonadanda jami 470 kvt o‘rnatildi. Shuningdek, 45 ta tadbirkorlik subektlariga o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 78 ta tadbirkorlik subektlariga jami 1140 kvtli quyosh panellari o‘rnatigan.

Ijtimoiy soha abektlari va davlat idoralarida jami 280 kvt quyosh paneli o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi. Yil yakuniga qadar 37 ta abektga 281 kvtli quyosh panellari o‘rnatilgan.

2024 yil uchun 300 ta aholi xonadonlarida jami 900 kvt, 70 ta tadbirkorlik subektlariga 1400 kvt, 16 ta ijtimoiy soha va davlat idoralariga 80 kvt, 2 ta ko‘p qavatli uy-joylarga 20 kvtli quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunga qadar aholi xonadonlariga 8.25 kvt, tadbirkorlik subektlariga 410 kvt, ijtimoiy soha va davlat idoralariga 50 kvtli quyosh panelari o‘rnatildi. Ayni kunlarda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Ushbu quyosh panellarining aholi va tadbirkorlik subektlari uchun avzalliklari juda ko‘p. Misol uchun, quyosh panellari orqali elektr energiya ishlab chiqarilganda atrof-muhitga hech qanday zararli gazlar chiqmaydi. Eng asosiysi, quyosh panellari o‘rnatilgan paytdan boshlab daromad olib kela boshlaydi. Bunday qurilmalar binolarning tom qismida hamda bo‘sh yer maydonlarga o‘rnatilgani uchun ishlash jarayonida hech qanday shovqin bo‘lmaydi. Zamonaviy vositalar xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Bu qurilmalarni o‘rnatish juda oson va uzoq yillar texnik xizmat ko‘rsatish talab etilmaydi. Chunki mazkur qurilmalar maxsus sinov laboratoriyalar tekshiruvidan o‘tkazilgan holda o‘rnatilishi sababli o‘rtacha 20-25 yil davomida xizmat ko‘rsatadi. Xonadon egasi ehtiyojidan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga sotib daromad qilish ham mumkin. Bunda jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday soliq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bunday qurilma yordamida xonadonini elektr energiyasi bilan ta’minlagan (o‘rnatilgan yer maydoni uchun) jismoniy shaxslar 3 yil, tadbirkorlik sub’ektlari esa 10 yil davomida yer va mulk solig‘idan ozod etiladi. O‘z navbatida jismoniy shaxslar quyosh panellarini 3 yil muddatga foizsiz, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlardan foydalanishlari mumkin.

OAV vakillari ushbu soha yuzasidan berilgan savollariga javob olishdi.

Teglar
- -