insurez
30-10-2024 15:38

Umumta’lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi


Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.

- Tumandagi barcha ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash fani bo‘yicha jami 54 nafar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik fani o‘qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda, - deydi A.Mahmudov. - 29 nafar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlardan nafaqaga chiqqan, zahiradagi ofitser va serjantlardan iborat. Shuningdek, 4 nafari oliy ta’lim muassasalarini chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, 21 nafari pedagog kadrlar tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustadgi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tuman maktabgacha va maktab bo‘limi hamda Mudofaa ishlari bo‘limi hamkorligida harbiy qism va ta’lim muassasalarida haftaning har juma kuni, ya’ni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”da harbiy kasbni tanlash, milliy armiyamizning yaratilishi va rivojlanishi bilan tanishish uchun harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Harbiy qism va muassasalarda mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun–mohiyatini targ‘ib qilish, jamiyatda harbiylik kasbiga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish, harbiy xizmatchilar bilan “Ma’naviyat soatlari”ni  tashkil etish, o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan “Temurbeklar”, “Yosh chegarachilar”, “Yosh qutqaruvchi”, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining harbiy ta’lim rahbarlari uchun “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayorgarlik fani bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi”, umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik sinf xonalari hamda “Yoshlar o‘rtasida mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlari muntazam o‘tkazilmoqda.

Tumandagi 12 ta umumta’lim maktablarida ChQBT xonalarini talab darajasida jihozlash uchun 64,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, belgilangan me’yor asosida jihozlandi.

2024-2025 o‘quv yilida 1035 nafar 11-sinf o‘quvchilari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayorgarlik fanidan olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha dala mashg‘ulotlariga chiqishlari rejalashtirilgan. 3 ta umumta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, joriy o‘quv yilidan 10-11-sinflardan harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida variativ o‘quv reja asosida sinf ochish rejalashtirilgan.

Teglar
- -