insurez
27-10-2025 10:11

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimi, deputatlar, soha rahbarlari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tuman prokurori o'rinbosari 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish hamda ularning omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Shuningdek, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Tog‘ayev Samarqand tumani hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berdi.

Sessiya davomida, shuningdek, 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida, 2025–2026-yillar nosug‘orish mavsumi uchun suv iste’molchilariga o‘rnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limitni) tasdiqlash to‘g‘risida hamda boshqa masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada ko‘tarilgan masalalar tuman taraqqiyoti, fuqarolar farovonligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Teglar
- -