insurez
06-03-2025 12:29

“Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 27-fevraldagi 78-sonli farmoyishi va Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining 1-martdagi 27-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-martdan 25-martga qadar tumanning barcha mahallalarida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir doirasida Samarqand tumanining Parrandachilik mahallasida ham “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazildi. Tadbir mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, hududda xavfsizlikni ta’minlash va profilaktik choralarni kuchaytirishga qaratildi.

Tadbir davomida tuman IIB boshlig‘i A.Raxmatov jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’kidladi. Mahalla aholisi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, profilaktik suhbatlar tashkil qilindi.

“Xavfsiz hudud” tadbiri davomida mahallalarda huquq-tartibot nazorati kuchaytirilishi va fuqarolar bilan hamkorlikda xavfsizlik choralari yanada mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Teglar
- -