Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Samarqand tumanidagi Jo‘yi Abbos mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musataqilligimizning 33 yilligi arafasida o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda viloyat Mahalla uyushmasi raisi Sh.Yuldoshev, tuman hokimi S.Usmanov va sektor rahbarlari mahalla ahli, faollar va mehnat faxriylari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni aholi turmushi farovonligini oshirish, ularning bugungi hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan yashashini ta’minlashda mahallaning tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos ekani, shu bois soha xodimlari har doim mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishi zarurligini ta’kidladi.
Qayd etish kerakki, mahalla tuman prokurori, 2-sektor rahbari hamda homiylar tashabbusi bilan qurib bitkazildi. Bu yerda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisining samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi.
Tadbirda ishtirokchilar va mahalla faollari yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.