Yangiariq mahallasida 30 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi
Bugungi kunda Samarqand tumani Yangiariq mahallasida 1412 nafar 14-30 yoshdagi yoshlar istiqomad qiladi. Afsuski ushbu yoshlar orasida profilaktik hisobda turuvchi, oilaviy ajrim yoqasida, agressiv xulq-atvor egalari ham uchrab turadi. Ular toifalari bo‘yicha ma’sul rahbarlarga biriktirilgan.
Tuman hokimining yoshlar masallalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tgan press-turda shular haqida ma’lumot berildi. Yangiariq mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda o‘tgan 2 yil mobaynida “Yoshlar daftari”ga jami 100 nafar yoshlar kiritilib, 11 nafar yoshlarga asbob uskuna, 2 nfariga muddatli harbiy xizmat to‘lovlari, 14 nafar yoshlarga kontrakt to‘lovlari, 62 nafari kasb-hunarlarga o‘qitilib, sertifikatlar olib berilgani aytib o‘tildi. Shuningdek, yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni chiniqtirish maqsadida mahallaga 13060 harbiy qismdan ma’sullar biriktirilib, umumiy 316 nafar yoshlar otaliqqa olindi.
Prezidentimizning 2024-yil 5-apreldagi "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori ijrosini ta’minlash maqasadida Yangiariq mahalla hududidan 60 nafar yoshlarga 20/25 sotixdan yer maydonlari 30 yilga imtiyozli ajratilib berildi.
Bundan tashqari mahallada “Bandlik dasturi” mavjud bo‘lib, ushbu dastur orqali mahallada mavjud 30 nafar ishsiz yoshlarini ish bilan band qilish chora-tadbirlari sektor rahbari tomonidan tasdiqlab berilgan. Bugungi kunda barcha yoshlar ish bilan ta’minlanib, ularning bandligi ta’minlangan.
Press-tur ishtirokchilari tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olishdi.