insurez
27-12-2024 18:17

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


Unda Samarqand tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Suxrob Mirsaidov ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, Samarqand tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar, buta va gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil kuz mavsumida “Dolzarb 40 kunlik” kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 362 ming dona manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, 2024-yil kuz mavsumida "hokimlik bog‘lari"ni tashkil etish uchun tumanning Shirinobod mahallasidan 2,1 gektar yer maydoni ajratigan bo‘lib, ushbu yer maydonida 3 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tumandagi 74 ta mahallalardagi aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli binolar va uy-joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, avtomobil yo‘llari va temiryo‘llari atrofi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon fondi yerlarida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

“Yashil makon” dasturining har bir bandi bo‘yicha ma’lumotlar “Yashil makon” elektron platformasiga kiritib borish,  dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi mahallalar kesimida ta’minlanib, dastur ijrosi bo‘yicha har oyda Xalq deputatlari tuman Kengashlari yig‘ilishlarida deputatlarga, mahallalarda aholiga hisoboti olib borildi.

Shu bilan birgalikda 2024 yil kuz mavsumida daraxtlar ekish uchun 5 dan ziyod ko‘chatxonalar tashkil etilib, qo‘shimcha 500 ming. dona ko‘chatlar zaxirasi yaratiladi.

Tuman Ichkiishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, tuman Yekologiya va

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi kuchlari safarbar etilgan holda “Ekologik patrul” ishlash tizimi faoliyati kuchaytirish ishlari olib boriladi.

Anjumanda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

Teglar
- -