insurez
26-02-2025 17:52

Yo‘l chetlariga turli manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi


Xabaringiz bor Samarqand tumani hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida viloyat IIB YHXB 2-son tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasi hududidan Navabod, Andijoni, Obod, Oqmachit, Qumzor, Rustam, Rajabamin va Pulimug‘ob mahallasigacha bo‘lgan qismida obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borgan edi.

O‘rganish davomida hududdagi tadbirkorlik subektlari hamda fermer xo‘jaliklari hududlarida obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l yoqasidagi noqonuniy qurilish va reklama vositalarini olib tashlash bo‘yicha vazifalar belgilab berilgandi.

Bugun mas’ul idoralar vakillari tomonidan mazkur topshiriqlar ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, Pulimug‘ob mahallasidagi noqonuniy qurilgan inshootlar, yengil konstruksiyalar egalariga MjTKning 60 modda 3-qismiga asosan, ya’ni yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanganligi uchun bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, hudaddagi yo‘l chetlariga turli manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Mazkur ishlar davom ettirilmoqda.

Teglar
- -