insurez
20-05-2024 12:42

Zamonaviy texnologiyalar — suvni tejashda koni foyda


Bu haqda "Gulobod tongi" gazetasi tahririyatida tuman "Suv yetkazib berish xizmati" Davlat muassasasi boshlig‘i Alisher Rasulov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida alohida urg‘u berildi.

— O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2024 yil 5- yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda  suv resurslarini boshqarish  tizimini takomillashtirish  hamda suv resurslaridan  foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-5 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi   Vazirlar Mahkamasining  2024 yil 9- fevraldagi  79- sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi  Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 26- fevraldagi 52- sonli qaroriga asosan Zarafshon Irrigatsiya   tizimlari havza boshqarmasining 2024 yil 19-fevraldagi 25-sonli qarorlariga muvofiq Samarqand  tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi  tashkil etildi,-dedi A. Rasulov.— Samarqand  tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tumandagi 16340 gektar  sug‘oriladigan yer maydonlarini suv bilan ta’minlanishida xizmat ko‘rsatadi. Tumanda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 2023-2024 yillar kuzgi-qishgi mavsumda ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish tadbiri o‘tkazilib, rejadagi 60 km dan 60km yoki 100 foizga bajarilishi natijasida 79.4 mln m3 suvdan 2.7 mln m3 suvni tejashga erishildi.

Bundan tashqari joriy  yilning may oyidan to dekabr oyiga qadar yana 112 km ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish  topshirig‘i berilgan bo‘lib, uning ijrosi natijasida tumanda ajratilgan cheklangan suv limitining 8.6 mln m3 tejalishiga erishiladi.

Xuddi shunday, Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish  maqsadida sug‘oriladigan bog‘-tok maydonlarida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish jumladan,  tomchilatib  va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilmoqda. 2024 yilda tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 400 ga rejalashtirilgan bo‘lsada, bugungi kunda 700 ga yaqin suv tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jalik ekinlarini oqar suv bilan ta’minlovchi "Yangiariq" kanalining eng quyi qismida bo‘lgan tumanimiz mirishkor dehqonlari uchun bunday texnologiyalardan foydalanish juda ham afzal va samarali bo‘lishi hech kimga sir emas.

Teglar
- -