Aholida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari
Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF–5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2018 yil 13 apreldagi PQ–3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida huquqiy targ‘ibot sohasida bir muncha tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, aholiga qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida joriy yilning o‘tgan davri davomida tuman adliya bzlimi xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish uchun davlat organlari, tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va ta’lim muassasalarida jami 210 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shulardan 164 tasi Respublikamizda qabul qilinayotgan yangi qonun va qonun osti hujjatlarning mazmun-mohiyatiga qaratilgan.
O‘tkazilgan ushbu targ‘ibot tadbirplaridan 39 tasi ommaviy axborot vositalariga, shundan 18 tasi televidenieda, 8 tasi radioda, 11 tasi gazetada xamda 131 tasi VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalariga keng yoritilishi ta’minlandi.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan 8 marotaba ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.
Targ‘ibot tadbirlari jarayonida fuqarolarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohada, aynan qonunlarga hurmat ruhini shakllantirishga qaratilgan 205 tadan ortiq flaer va bukletlar tarqatildi.
Shuning bilan birga, tuman adliya bo‘limi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi ning 2025-yil 2-may kunidagi “Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida hamda Davlat rahbarining joriy yilning 1-yanvardagi PQ-1-son qaror bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturida belgishangan vazifalarini bajarish hamda mahallalarda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan” davra suhbatlari reja-grafigi ijro uchun qabul qilinib, turli tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, tumandagi mahallalarda uyma-uy yurish, “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish reja-grafigi asosida sayyor qabullar va boshqa tadbirlar amalga oshirildi.
Masalan, joriy yilning 7-may (haftaning chorshanba) kuni tumandagi “Ipakchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDYo, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahalla yettiligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb qilgan holda “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu tadbirda, ushbu mahallada mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organi profilaktika inspektori ishtirok etib, probatsiya hisobida olingan fuqarolar bilan profilaktika ishlari olib borildi.
Xuddi shunga o‘xshash, tumandagi “Mirishkor”, “Yangiravot”
va “Andijoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida ham turli tadbirlar uyushtirildi.
O‘tkazilgan tadbirlarda adliya organi rahbariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat markazi xodimlari tomonidan, mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi bilan birgalikda mahalla hududida istiqomad qilayotgan yoshlar bilan maqsadli suhbatlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirlar doirasida, tuman adliya bo‘limi xodimlari mahalla hududidagi umumta’lim maktablarpga tashrif buyurib, maktabning bitiruvchi sinflarda ta’lim olayotgan yoshlar bilan turli mavzularda suhbat uyushtirildi.
“Ipakchi” va “Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin qizlar ishlari bo‘yicha faollaridan tegishli ma’lumotlarni olingan holda mahallada oilaviy ajrim yoqasida bo‘lgan oilalar hamda hayotiy tajribaga ega bo‘lgan xotin-qizlar bilan davra suhbatlari uyushtirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida hududdagi umumta’lim maktabi bitiruvchi sinflarda ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida ham erta nikohni oldini olish masalasida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Bulardan tashqari, o‘tkazilgan tadbirlar doirasida tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tadbirlarda ishtirok etgan tadbirkorlik sub’ektlari va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar bilan maqsadli suhbatlar o‘tkazilib, tushuntirish ishlarni olib borili va fuqarolarning kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi
Shuningdek, tadbir davomida mahallalar hududida istiqomad qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kambag‘al oilalargi kirilib, ularning farzandlariga turli adabiyot kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbirlar doirasida, mas’ul idora, tashkilot va korxona xodimlarini jalb qilgan holda huquqiy muammosi mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarni “Sayyor qabuli” tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan “Sayyor qabul” tadbirlarida mahalla fuqarolar yig‘inlari istiqomad qilayotgan ijtimoiy himoyaga muxtojlardan 123 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.
“Sayyor qabul” tadbirida Madad NNT vakili V.Yuldoshev ham qatnashib, meros ishi bilan muammosi mavjud bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashib, meros masalasida tegishli hukuqiy tushuntirishlar berilishi ta’minlandi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, tadbir ishtirokichlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmonida belgilangan qo‘shimcha vazifalar xususida, ya’ni “Online-mahalla” “Adliya mahalla” platofrmalari orqali yuborilgan murojaatlar, ularning hal etib berilishi va huquqiy murojaatlarni adliya bo‘limiga bormasdan turib mahalladan yetkazish imkoniyatlari xususida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori buyicha Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan infografika materialidagi mahalla yettiligining va boshqa masullarning vazifalari haqida hamda “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida tasdiqlangan yo‘l xaritasi hamda “Bepul maslahat bilan har bir uyga” aqsiyasi doirasida firibgarlikka qarshi targ‘ibot masalalari buyicha buklet flaerlar mazmun mohiyati tushuntirib berildi.
Bugungi kunda, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon hamda qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek yangi qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish maksadida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalariga asosan tuman adliya bo‘limi xodimlari va tumandagi davlat organlari xamda tashkilotlari bilan hamkorlikda 2025 yil uchun tasdiqlangan grafik asosida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida sayyor qabullar, sayyor yig‘ilishlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinishi davom ettirilmoqda.