“Dolzarb 90 kun” tadbirlari qanday o‘tmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2025 yildagi “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-88-sonli Farmoni va 19.05.2025 yildagi “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-185-sonli Qarorining 13 va 14 bandlarida Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi asosida Samarqand tumanida Sog‘liqni saqlash muassasalarida jami 1,465 mlrd so‘mlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, quyidagi ishlar bajarilgan.
I-maqsad. Tibbiyot muassasalarida qulay harakatlanish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha jami 214 mln so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib, 214 mln so‘m homiylik va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlar bajarildi.
Muassasaning devorlarini yorqin ranglar bilan bo‘yash va devorlar tozaligini ta’minlash 59.2 mln so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, 40.7 mln so‘m markaziy shifoxona bo‘limlari binolarida va 18.5 mln so‘m ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosi devorlarni ta’mirlashga sarflandi.
Ta’mir talab (talablarga mos bo‘lmagan) pollar bo‘yicha Mehrobod oilaviy shifokorlik punkti binosini pollarini SanQvaMga moslashtirish bo‘yicha 9.7 mln so‘m sarflandi.
Yo‘naltiruvchi belgilari bilan binolarni jihozlash (poliklinika, ShTYoB) bo‘yicha markaziy shifoxonada, 4 ta oilaviy poliklinikalar va 6 ta oilaviy shifokorlik punktlari qilindi.
II-maqsad. Aholi uchun qulay ro‘yxatxona va kutish zallarini tashkil etish bo‘yicha jami 413 mln so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib ushbu yo‘nalishda 413 mln so‘mlik jixozlash (maxsus o‘rindiqlari, ro‘yxatxonalar va qo‘shimcha o‘rindiqlar) ona va bola xonalari tashkil etildi.
III-maqsad. Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha jami 244.5 mln so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib, 244,5 mln so‘m homiylik va tibbiyot birlashma mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlar bajarildi.
Statsionar yotoq o‘rinlarini shoshilinch hollarda foydalaniladigan chaqiruv tugmalari qo‘yish bo‘yicha markaziy shifoxonaning Tug‘ruq majmuasi, bolalar bo‘limi, ginekologiya bo‘limi, xirurgiya bo‘limi va nevrologiya bo‘limlarida 27 mln so‘mlik chaqiruv tugmalari qo‘yildi.
Shifokor qabuliga onlayn yozilish tizimini joriy etish uchun aloqa vositalari qo‘yish bo‘yicha jami 27 ta telefon apparati homiylik asosida olinib 67.5 mln so‘mlik ishlar bajarildi.
Shifokor ko‘rigi xonalarida, yotoq o‘rinlar orasida to‘siqlar (parda, tibbiyot shirmasi) qo‘yish bo‘yicha 60 ta shirmalar olib berildi.
IV-maqsad. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha jami 200 mln so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib ushbu yo‘nalishda mablag‘ ajratilmaganligi sababli ishlar bajarilmagan.
V-maqsad. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jami 394 mln so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lib, 394 mln so‘m tibbiyot birlashma mablag‘lari va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan quyidagi ishlar bajarildi.
Hojatxonalarni gigienik vositalar (sovun va qog‘oz sochiqlar) bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha 67.8 mln so‘m mahalliy byudjet mablalaridan ajratilib tibbiyot birlashma tarkibidagi barcha muassasalar gigienik vositalar olib tarqatildi.
Hojatxonalarni imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirish bo‘yicha unitaz, perila maxsus moslamalar o‘rnatildi.