insurez

Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi

Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi  tasarrufida jami 99 ta ta’lim muassasalari, jumladan 54 ta umumta’lim maktablari va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 44 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmokda. 2025-2026 yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yo‘nalishida barcha umumta’lim maktablari ta’mirdan chiqarilib, tayyor holga keltirildi.

Keyingi yillarda yurtboshimiz tomonidan ta’limni rivojlantirish, uning sifat-samaradorligini yuqori darajalarga ko‘tarish maqsadida qator Farmon, Qaror va farmoyishlar qabul qilingan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari yo‘nalishi bo‘yicha:

Shunga ko‘ra birgina joriy 2025-yilda tumanda jami 4ta (25-, 28-, 45- va 49-sonli) umumta’lim maktablarida:

Nurobod mahallasida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabida shartnoma summasi 2 mlrd 133 mln so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 180 o‘rinli, Mironqul mahallasida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabida shartnoma summasi 3 mlrd 100 mln so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 240 o‘rinli, Nayzateppa mahallasida joylashgan 45-sonli umumta’lim maktabida shartnoma summasi 3 mlrd 400 mln so‘m bo‘lgan qo‘shimcha 300 o‘rinli, Qaynama mahallasida joylashgan 49-sonli umumta’lim maktabida shartnoma summasi 3 mlrd 500 mln so‘m bo‘lgan 300 o‘rinli    qo‘shimcha yangi zamon talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy bino qad ko‘tarmoqda.  Tumanda 1020 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi natijasida ushbu maktablardagi  navbatlilik koeffitsienti pasayadi, o‘qituvchi va o‘quvchilar sharoiti yanada yaxshilanadi. Mazkur qurilish olib borilayotgan 4 ta  umumta’lim maktablarida qurilish ishlari bugungi kunda 80-90% ga bajarilgan. Qolgan ishlarni tez va sifatli qilib, belgilangan muddatlarda binolarni foydalanishga topshirish ishlari nazoratga olingan.

O‘quvchi va o‘qituvchilarning shart-sharoitini yaxshilash, ularga barcha qulayliklar yaratish maqsadida kelgusi 2026-yilda tumandagi Jo‘yi Soy mahallasida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish natijasida 660-o‘rinli, Xaymar mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida rekonstruksiya qilish natijasida 420-o‘rinli, Qorasuv mahallasida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish natijasida 540-o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda Gulbog‘ mahallasida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabi binosini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yo‘nalishi bo‘yicha:

Joriy 2025-yilda tumandagi Ko‘saho mahallasida joylashgan 7-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta rekonstruksiya qilinib, o‘rniga shartnoma qiymati 4 mlrd 700 mln so‘m bo‘lgan 180 o‘rinli, Rustam  mahallasida joylashgan 28-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta rekonstruksiya qilinib, o‘rniga shartnoma qiymati 3 mlrd 400 mln so‘m bo‘lgan 120 o‘rinli yangi zamonaviy bino qurilmoqda. Mazkur qurilish olib borilayotgan ushbu  tashkilotlarda birinchi  qavatda g‘isht terish ishlari 100%  ga bajarilgan bo‘lib, 2-qavatda g‘isht terish ishlari olib borilmoqda.

Mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq qamrab olish maqsadida kelgusi 2026-yilda tumandagi Ohalik mahallasida  shartnoma qiymati       5 mlrd 400 mln so‘m baholangan 120 o‘rinli  yangi zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Mirishkor mahallasida joylashgan 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstuksiya qilish natijasida shartnoma qiymati 6 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan 180-o‘rinli yangi zamonaviy bino qurish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga tumanda 2025-yilda maktabgacha ta’limi tashkilotlari va umumta’lim maktablarida ochiq tanlov mablag‘lari xisobidan (OPEN budjet 1-mavsumida) ta’mirlash, qurish va jihozlash dasturi asosida 6 ta umumta’lim maktablari va 1ta maktabgacha ta’lim muassasalarida:

Jumladan:

12-sonli umumta’lim maktab sinfxonalari pollarini almashtirish, eskirgan elektr tarmoqlarini yangilash, yo‘laklarda plitkalar yotqizish,    6 ta sinfxna uchun yangi bino barpo etish, kasb-hunuar xonalarini ta’mirlash, ayrim sinfxonalarni mukammmal ta’mirlash;

14-sonli umumta’lim maktabida qo‘shimcha yangi zamonaviy o‘quv binosi qurish;

23-sonli umumta’lim maktabiga jihoz xarid qilish;

39-sonli umumta’lim maktabini joriy ta’mirlash;

44-sonli umumta’lim maktabiga jihoz xarid qilish;

52-sonli umumta’lim maktabiga jihoz xarid qilish;

21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida binoni kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida o‘quvchi va o‘qituvchilarning sharoiti yaxshilanadi, ta’lim sifat-samaradorligi oshadi, farzandlarimiz barcha qulayliklarga ega bo‘lgan jahon standartlariga mos ta’lim muassasalarida ta’lim olishadi, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim muassasalaridagi qamrov darajasi oshadi.

 

Tumandagi ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumida isitish maqsadida 54 ta umumta’lim maktablari va  1ta Barkamol avlod bolalar maktabi (“Badal qurilish mahsulot savdo” MCHJ) va 44 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (Mexanizatsiya va avtotransport boshqarmasi MCHJ) tomonidan kuz-qish mavsumida Davlat xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar tomonidan isitiladi. Bugungi kunda ta’lim tashkilotlarini isitish maqsadida umumta’lim maktablari uchun 3272tonna, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 781tonna ko‘mir yoqilg‘isi ta’lim muassasalariga yetkazilgan va belgilangan tartibda saqlanmoqda.

Ta’lim muassasalardagi isitish tizimi va isitish qozonlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi, yaroqsiz, ta’mirtatalab trubalar va ventillar ta’mirlandi va yangisiga almashtirildi.Tutun chiqish mo‘rilari chiqindilardan tozalandi. Shu bilan bir qatorda ayrim ta’lim tashkilotlarining isitish qozonlari xizmat muddatini o‘tab bo‘lganligi bois yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli uni ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda.