insurez

Mavsum yumushlarining borishi yuzasidan axborot

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarida va Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar hamda qoidalarning o‘z vaqtida to‘liq bajarilishi bo‘yicha tumanda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

JUMLADAN;

G‘allachilik borasida. Tumanda 2025 yil hosili uchun 268 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 1735 gektar maydonga boshoqli don ekinlari to‘liq ekilib, jami 5197 tonna (Shundan: Davlat resurslari uchun 1757 tonna, Vatincha saqlashga 3440 tonna) bug‘doy boshoqli don mahsulotlari yig‘ishtirib olish rejalashtirilib, g‘alla mavsumini tez samarali o‘tkazish maqsadida 6 ta otryadlar tashkil etildi, 6 ta o‘rim kombaynlari, 37 ta tirkamalar, 7 ta pres bog‘lagich, 12 dona kir paltara, 37 ta transport traktorlari qatnashib, belgilangan rejani 5254,3 tonna(101,5 foiz)ga bajardi.

Meva-sabzavot bo‘yicha 2025 yil hosili uchun asosiy maydonlarga 1506 gektar sabzi ekinlar ekinlari va 1200 gektar yer maydonlarga kartoshka ekinlar ekilib yetishtirlgan mahsulotlar qayta ishlash korxonalariga vam ichki, tashqi bozorlarga chiqarildi.

shuningdek, ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan
1809 gektar maydonlarga takroriy ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekilib parvarishlash ishlarini amalga oshirilmoqda.

Pillachilik borasida. Joriy yilda tumandagi 610 ta fermer xo‘jaliklar tomonidan jami 88 tonnaga pilla xomashyosi yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilib bugungi kunda 88.1 tonnaga yani belgilangan reja 100.1 foizga bajarildi.

Issiqxona yo‘nalishi bo‘yicha tumanda jami 100 ta
224 gektarga issiqxona qurish uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lib, limonchilik, sabzavotchilik hamda gulchilik yo‘nalishida foliyat olib borilmoqda.

Mazkur issiqxonalarda yanvar-avgust oylarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sabzavot, poliz mahslotlari yetishtirilib, ichki va tashqi bozorlarga chiqarilmoqda.

Jumladan, 2025 yilning yanvar oyidan bugungi kunga qadar 3180 tonna mahsulot yetishtirildi.

To‘qsonbosti ekinlarini ekilishi bo‘yicha.   Tumanda 2026 yil hosili uchun fermer, dehqon va qishloq xo‘jaligi korxonlari tomonidan 2025 yil avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekilishi bo‘yicha jami 1145 gektar yer maydonlarga  shundan 1130 gektar(ochiq maydonlarga-65 gektar, bog‘-tok qator orasiga-1058 gektar) fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga, 15 gektar dehqon xo‘jaliklariga ekish rejalashtirilgan, ushbu yer maydonlarga 1127 gektar piyoz, 17 gektar sarimsoqpiyoz ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 350 gektar(31 foiz) yer maydonlarga ekildi.

Bog‘-Tok bo‘yicha tumanda jami bog‘ va tokzorlar 8143 gektarga tashkil etilgan bo‘lib:

Bog‘ 4375 gektar  shundan 2238 gektari intinsif  usulda ekilgan.

Bugngi kunda mazkur bog‘ va tokzorlarda yetishtirlyotgan mevalar parvarish qilinmoqda.