insurez

Qabristonlarda obodonlashtirish ishlar va ularning bugungi kundagi holati

Bugungi kunda tuman  hududida joylashgan qabristonlarning ayni damdagi ahvoli, obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilganligi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tsam.

Bugungi kunda Samarqand tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufida jami 48 ta qabriston mavjud bo‘lib umumiy maydoni 136 gk ga yerni tashkil etadi. Ushbu qabristonda 17 ta nazorotchi hamda 40 ta qarovul ish faoliyatini olib boradi.

      O‘tgan 2025-yil davomida mahalliy byudjet mablag‘laridan va mahalla faollari hamda tadbirkorlar tamonidan tuman hududidagi Jo‘yi Abbos va Chordara maxallalari qabristonlarida 500- metr devor bilan o‘rash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qo‘shko‘prik, Gulobod, Chordara, Arabxona, hamda  Ravonak mahalla qabristonlarida 350- metr ayvon, 500 ta o‘rindiq, 1500-metr uzunlikda yo‘laklar qurildi, 4-ta qabristonga darvoza o‘rnatildi hamda, 4 ta qarovulxona qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek qabristonlarda Obdodnlashtirish va ko‘kalamzorlashtish uchun 6 ta yer osti nasosi qurildi, 10000 ta turli manzarali daraxtlar ekildi yana 8000 dona ekilishi kutilmoqda va 12000 dan ortiq gul ko‘chatlari ekildi, Shu yil hisobidan 48-ta qabristonlarda 3-marotaba hashoratlar va kemiruvchilarga qarshi (dizinfeksiya) dorilash ishlari qilindi.

     Joriy yil davomida mahalliy byudjet mablag‘laridan 4-ta mahalla qabristonlariga olib boruvchi 1500-metr yo‘llar asfaltlashtirilib  berildi va 6-ta mahalla qabristonlariga olib boruvchi 2300-metr yo‘llar shag‘allashtirilganligini ma’lum qilam

    Ajdodlarni xotirlash, ularning qadamjolarini e’zozlash xalqimizga xos ulug‘ qadriyat hisoblanadi.  Zero, xalqimizda azaldan ziyoratgoh joylar, muqaddas maskanlar, qabristonlarni obod tutishdek, ezgu udum saqlanib kelmoqda.