Tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik holati
Samarqand tumani Tabiiy gaz bilan ta’minlashda 5 ta GTS lar orqali tabiiy gaz olish orkali foydalaniladi. Aholi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida tumanda 264 ta GTQ lar mavjud bo‘lib, shundan 32 donasi yuqori bosimdagi va 232 donasi o‘rta bosimlarni GTQ larni tashkil qiladi. Xozirgi kunda GTQ larning barchasi reja asosida ta’mirlanib, kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirmokda.
“Samarqantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bo‘yicha tabiiy gaz iste’molchilari jami soni 21 177 ta, shundan, aholi iste’molchilari 20 822 ta ulgurji iste’molchilari 355 tani tashkil qiladi. Samaqand tumanida 28 ta mahalla tabiiy gaz ta’minotida. 42 ta mahalla suyultirilgan gazga moslashtirilgan, aholi xonadonlari 32934 tani tashkil qiladi, suyultirilgan gaz iste’molchilariga belgilangan reja asosida imtitiyozli narxlarda suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda.
2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bo‘limda malakali mutaxassislardan iborat “Qishga tayyorgarlik shtabi” tashkil etildi. Bundan tashqari tumanning har bir sektoriga tabiiy va suyultirilgan gazga oid muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida bo‘lim tomonidan xodimlar biriktirilgan.
2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash aholi va ulgurji iste’molchilarga uzluksiz va betalofat tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida tumanni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi mavjud yuqori bosimlai 36 dona gaz taqsimlash qutilari ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Toyloq xududida joylashgan yuqori bosimli D-273 mm li gaz quvurining 4 km masofadagi qismi ta’mirlanib mavsumga shay holatga keltirildi. Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida aholini tabiiy gaz bilan ta’minlolvchi tumanning Juyisoy, Ipakchi, Zaxlik va Konigil mahllalaridagi yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlanib mavsumga shay holpatga keltirildi.
Rustam mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi D-159 mm li 3 km masofadagi gaz quvurlari to‘g‘rilanib tartibga keltirildi.
Mirishkor mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli D-76-89 mm li gaz quvurining 2.5 km qismi to‘g‘rilandi va kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.