insurez

Takroriy ekin ekish ishlari yuzasidan

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarida va Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar hamda qoidalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi bo‘yicha tumanda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

JUMLADAN;

Pillachilik borasida. Joriy yilda tumandagi 610 ta fermer xo‘jaliklar tomonidan jami 88 tonnaga pilla xomashyosi yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilib bugungi kunda 88.1 tonnaga yani belgilangan reja 100.1 foizga bajarildi.

G‘allachilik borasida. Tumanda 2025 yil hosili uchun 268 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 1735 gektar maydonga boshoqli don ekinlari to‘liq ekilib, jami 5197 tonna (Shundan: Davlat resurslari uchun 1757 tonna, Vatincha saqlashga 3440 tonna) bug‘doy boshoqli don mahsulotlari yig‘ishtirib olish rejalashtirilib, g‘alla mavsumini tez samarali o‘tkazish maqsadida 6 ta otriyadlar tashkil etildi, 6 ta o‘rim kombaynlari, 37 ta tirkamalar, 7 pres bog‘lagich, 12 dona kir paltara, 37 ta transport traktorlari qatnashib, belgilangan rejani 5254,3 tonna(101,5 foiz)ga bajardi.

Takroriy ekinlarni ekilishi bo‘yicha.   Tumanda 2025 yil hosili uchun g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekin sifatida jami 1809 gektar yer maydonlarga  shundan 799 gektar sabzavot, 500 gektar kartoshka, 345 gektar dukkakli, 145 gektar ozuqa ekinlari, 20 gektar moyli ekinlari to‘liq ekilib parvarishlanmoqda. Bugungi kunda 2025 yil hosili uchun g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekilgan ekinlarga sifatli agrotexnik tadbirlarni o‘tkazib, sifatli eksportbop maxsulotlarni yig‘ishtirib olish ko‘zda tutilgan.

To‘qsonbosti ekinlarini ekilishi bo‘yicha.   Tumanda 2026 yil hosili uchun fermer, dehqon va qishloq xo‘jaligi korxonlari tomonidan 2025 yil avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekilishi bo‘yicha jami 1145 gektar yer maydonlarga  shundan 1130 gektar(ochiq maydonlarga-65 gektar, bog‘-tok qator orasiga-1058 gektar) fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga, 15 gektar dehqon xo‘jaliklariga ekish rejalashtirilgan, ushbu yer maydonlarga 1127 gektar piyoz, 17 gektar sarimsoqpiyoz ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 350 gektar(31 foiz) yer maydonlarga ekildi.

Issiqxona yo‘nalishi bo‘yicha tumanda jami 100 ta
224 gektarga issiqxona qurish uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lib, limonchilik, sabzavotchilik hamda gulchilik yo‘nalishida foliyat olib borilmoqda.

Mazkur issiqxonalarda noyabr-mart oylarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sabzavot, poliz mahslotlari yetishtirilib, ichki va tashqi bozorlarga chiqarilmoqda.