insurez

Tomorqa ekinlarining shudgorlanishini va tomorqa yerlariga ekin ekilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Aholi tomorqalarida ekin ekilishi holati

 2025 yil 1 iyul holatiga 2808 gektar aholi tomorqalarida ekin ekilgan bo‘lib, jami tomorqa yer maydoniga nisbatan 91 foizni tashkil qilmoqda.

Aholi tomorqasida serdaromad, kasallikka chidamli bo‘lgan sabzavot ekin urug‘ ko‘chatlari ekish bo‘yicha axoliga seminarlar va tushunchalar Brokli karammi, Bodringning shatki F1 va Orzu navlari, Sabzi F1 bulg‘or qalampir kabi navlardan ekilmoqda.

Jami sabzavotlar – 1523 gektar

Pomidor-38 gektar, Bodring-263 gektar, Sabzi – 223 gektar, Karam – 247 Bulg‘or qalampir - 146 gektar, Achchiq qalampir – 12 gektar, Baqlajon 15 gektar, Ko‘katlar  – 181 gektar, Sholg‘om – 50.1 gektar Boshqalar 348  gektarni tashkil qiladi.

Misol uchun,

Samarqand tumanining Jarqishloq mahallasida bugungi kunda
1 950 nafar aholi istiqomat qiladi, aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanib, tomorqalarda ko‘kat yetishtiradi. Bugungi kunda mahallaning barcha 296 ta xonadonida 47 gektar tomorqada bir kunda 200 ming bog‘ ko‘kat yetishtirilib, ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda hamda Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda. Bundan tashqari, mahallada yetishtirilgan mahsulotlarning sifat darajasini yaxshilash maqsadida 5 ta muzlatgich omborxonasi tashkil etilgan.

Masalan, mahalladagi Toxirov Mardon oilasi va farzandlari bilan ko‘kat yetishtirish bilan shug‘ullanadi, tomorqasidagi 5 sotik yerdan kuniga 700 bog‘, bir mavsumda 40 ming bog‘gacha ko‘kat oladi, bir bog‘ ko‘kat 1800-2000 so‘mdan sotiladi.

Ushbu mahallada barcha xonadonlarda 3-5 sotik yerda ko‘kat yetishtirib, bmr oyda 4-5 million so‘m daromad olinadi.

Tumanning Jo‘yiabbos mahallasida jami 775 ta xonadonlardagi 4 200 nafar aholi ko‘chat va daraxt nihollari yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

 

Tumanda dehqon xo‘jaliklaridan foydalanish va ekin ekilishi holati

Samarqand tumanida PQ-20, PQ-373, PQ-153 qarorlar asosida jami 1038 ga 3351 nafar fuqarolarga ijara asosida ajratilgan yerlar 45 ta mahallaga to‘g‘ri keladi:

2025 yil 12 aprel holatiga 989 gektar ijaraga berilgan yerlardan ekin ekilgan bo‘lib, jami ijaraga berilgan yer maydoniga nisbatan 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shundan  439 nafar ijarachilar 138 ga bog‘ tashkil etish,848 nafar ijarachilar 264 ga tokzor (uzumzor)lar tashkil etish, 200 nafar ijarachilar 77 ga to‘qsonbosti ekinlar ekilgan, 957 nafar ijarachilar 270 ga yer maydonlarni shungorlab sabzavotlar ekildi, 153 ga yer maydonga kartoshka ekildi, 88 nafar ijarachilar 27 ga yer maydonga dukakli ekinlar ekildi, Hamda 15 nafar ijarachilar tomonidan 2 ga yer maydonni zaxiraga qaytarib olingan.

Shu bilan birga, 74 ta mahallalardagi aholi tomorqasi va 45 ta mahallalarga dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha ajratilgan yerlarga 12 ta lider tadbirkorlar biriktirildi:

Misol uchun,

– “Agromir” MChJga (qayta ishlab chiqarish)

– “Azam Azamat Agro” fermer xo‘jaligiga (eksporter)

– “Rustamov Temur Aleksandrovich” fermer xo‘jaligi (eksporter)

- “Shavkat Ubaydov” fermer xo‘jaligiga (eksporter)

- “Sam Frut” AJ X/K (eksporter)

- "NURSHODBEK AGRO " FX (eksporter)

- “Gulobod ekoagrologistika” markazi (lider tadbirkor)

- "FRUITS TREES INVEST GROUP" MChJ (lider tadbirkor)

- “ANSORJON AGRO SAXOVATI"FX (lider tadbirkor)

- “HAMIDOV HALIM SAXOVATI"FX (lider tadbirkor)

- "AZIZOV QURBON" FX (lider tadbirkor)

Misol uchun,

Yuqorida biriktirilgan lider tadbirkorlarimizdan tashqari tumanda20 ortiq Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Qayta ishlash korxonaliri mavjud

Birgina  “Sam Frut” AJ X/K korxonasi 38 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olib quritib yevropa davlatlariga export qilib kelmoqda.

Tumanda bunday korxonalarning mavjudligi esa axolini bemalol ekin kishlari mahsulotlarini bozor kafolatlangani belgilaydi