insurez

“Yashil makon” loyihasi doirasdagi ishlarning ahvoli

      O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etildi.

     Bugungi kunda butun dunyoda Ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishi oldini olish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimizda xam daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda, bilamizki daraxtlar xavodagi zararli karbonat angidiridni yutib o‘rniga kislarod ishlab chikaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi, issikda salqinlik beradi atrof-muxitni shovqinlardan ximoya qiladi.

     2021 yil 9 sentyabr kuni davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etish va hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha aniq belgilab berilgan, vazifalar ijrosi ta’minlash bo‘yicha Samarqand tumanida xam salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan tuman hududida 2025yil bahor mavsumida 512 ming donadaraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 582 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilib reja 113 % bajarildi.

      Shuningdek “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida “Gulobod” MFY hududida 2 gektar yer maydonda “Yashil bog‘” tashkil etilib 1800 tup manzarali ko‘chatlar ekildi.

        Joriy yilning baxor mavsumidaxam O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “«O‘zbekiston —2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli farmoniga va  asosan Samarqand viloyat Samarqand tuman hududida tuman hokimligi tomonidan 2025 yilbahor mavsumida 0.5 gektar yer maydonda  yashil bog‘ barpo qilingan.

          Tumanda tashkil etilgan yashil bog‘ homiylik va xashar yo‘li asosida barpo qilinib 1200 tup xar xil turdagi daraxt ko‘chatlari ekilgan va tomchilatib  sug‘orishga moslashtirilgan.

           Tashkil etilgan yashil bog‘da ekilgan ko‘chatlarni kelgusida sug‘orish, parvarish qilish choralarini ko‘rish maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasiga topshirilgan va bog‘ning keyingi parvarishi ushbu tashkilotga biriktirilgan, bugungi kunda ekilgan kuchatlarning umumiy holati qoniqarli (o‘sish) jarayonida.