Faol xotin-qizlar uchun ikki kunlik seminar boshlandi

Mahalladagi xotin-qizlar faoli lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

25-26 aprel kunlari o‘tkazilishi belgilangan mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarning milliy ma’naviyat, diniy ma’rifat, huquq, bank-kredit, tadbirkorlik yo‘nalishlarida malakalisi oshiriladi.

Ikki kunlik seminarning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar har bir ishtirokchi belgilangan vazifalarni yuqori darajada o‘zlashtirishi, bu orqali aholining turmush darajasi yaxshilanishiga munosib hissa qo‘shishi haqida so‘z yuritdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM