“To‘rt mo‘jiza” nodavlat ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

Samarqand tumanida “To‘rt mo‘jiza” nodavlat ta’lim muassasasini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, soha vakillari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda mamlakatimizda maktab ta’limi muassasalarini tubdan isloh qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi muassasalar tashkil etish va bolalarning sifatli ta’lim olishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar keltirayotgani ta’kidlandi.

- Maktabmiz 240 nafar o‘quvchini qabul qilishga mo‘jallagan, - deydi maktab direktori Aziza Soleyeva. - Zamonaviy 12 ta o‘quv xonalari, labaratoriya xonalari, kutubxona, sport zali, oshxona mavjud. Maktabga 1-sinfdan 9-sinfgacha o‘quvchilar qabul qilinadi. Ularning sifatli ta’lim olishlari uchun 14 nafar pedagoglarimiz faoliyat olib boradi.

Ishtirokchilar maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

E’tiborga molik jihati shundaki, mazkur nodavlat ta’lim muassasasida darslar faqat ingliz tilida olib boriladi. O‘quvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida maktab trasport vositasi bilan ham ta’minlangan. Shuningdek, 3 mahal issiq ovqat ham tashkil etilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM