Tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Samarqand tumanida ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tumanda jami 1,6 km ichimlik suv tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirlandi. Shundan 0,74 km mukammal va 0,86 km joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga joriy va mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi. Bundan tashqari mavsumda 9 dona yangi suv ko‘tarish nasosi o‘rnatilib, 42 dona suv ko‘tarish nasoslari qayta ta’mirlandi. Shu bilan birga, 600 metr oqova suv tarmoqlari joriy ta’mirlanib, kuz-qish mavsumiga tayyorlandi.
Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari jami 211,2 km, ya’ni, olib borilishi belgilangan ishlar to‘liq yakuniga yetkazildi. Transformator punktlarini mukammal ta’mirlash jami 102 dona (100%) ga bajarildi. Joriy ta’mirlash bo‘yicha 396,7 km. uzatish tarmoqlari hamda 177 ta transformatorlarni joriy ta’mirlash ishlari tugatildi. 
Bundan tashqari tumanda 54 ming 561 ta gazlashgan xonadondan 23 ming 016 ta xonadon tabiiy gaz bilan, 31 ming 545 ta xonodon suyultirilgan gaz bilan  ta’minlanib kelmoqda. Bugungi kunda tumanning aholi va ulgurji iste’molchilariga kuniga 235 ming m3 tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Gaz ta’minoti ob’yektlari va qurilmalarini barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha maqsadida gaz taqsimlash punktlarini kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, 4 dona gaz taqsimlash punktlari kapital ta’mirlandi, 65 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari olib borildi. Yer osti gaz quvurlarining holatini tekshirish 37 km hamda 12 km gaz quvurlarini bo‘yash ishlari bajarildi.
Samarqand tumanida aholi xonadonlariga kuz-qish mavsumida 2950,0 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti ajratilgan. Shundan oktyabr oyiga 450 tonna gaz mahsuloti ajratilgan bulib, amalda 250 yetkazib berilgan. Bundan tashqari tumandagi gazlashmagan xonadonlarga 7896 tonna ko‘mir, shundan 7896 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu boradagi ishlar ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuman hokimining qaroridagi ilovaga asosan tasdiqlangan ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tumandagi barcha mahallalarda, ijtimoiy soha o’bektlarida hamda har xil yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida jumladan, savdo do‘konlari, oshxona va restoranlarga  is gazidan zaharlanish, elektr energiya orqali xonalarni isitish pechlaridan texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda foydalanish bo‘yicha doimiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilmoqda.

Otabek Abdullayev,
Tuman hrkimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM