Sa’dullo Uzoqov, tuman hokimining o‘rinbosari: 2023-2024-yillar qish-bahor mavsumida ichki iste’mol bozori uchun jami 2935 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari talab etiladi

Bugungi ochiq muloqotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tumanda jami 64 ta muzlatkichli kameralar va omborxonalar mavjud bo‘lib, bular oddiy sovutgich, vakumli sovutgich, shokli muzlatgich va amiyakli sovutgich muvjud bo‘lib, quvvati 49485 ga teng.
Misol uchun, tumandagi "Sam ros xolod" MCHJ QK, "Sahovat agro invest" MCHJ, “Ohalik oltin bog‘i” fermer xo‘jaligi, “Xamidov Xalim Saxovati” fermer xo‘jaliklarining 5000 tonnadan muzlatgich omborxonalari mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi  mahsulotlarini saqlash, siralash hamda eksport qilish faoliyati bilan shug‘ullanishadi.
Shu bilan birga, 2021-2022 yillar qish va bahor mavsumiga jamg‘arilgan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki iste’mol bozoriga savdoga chiqarilishi bo‘yicha anniq chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, bugungi kunda, 23 ta fermer hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami zaxiraga jamg‘arilgan mahsulot 4515 tonnaga teng.
Go‘sht, sut, tuxum, parranda go‘shti, baliq, quyon go‘shti va asalarichilik mahsulotlari sifatini, ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlar sifatini xalqaro me’yor talablariga moslashtirish bo‘yicha zamonaviy qushxonalar hamda muzlatgich omborxonalar tashkil etmoqdamiz.
Tumanda 2023-2024-yillar qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli to‘ldirish va narx-navolarni barqaror saqlanishini ta’minlash maqsadida hududlarda mahsulotlar zaxirasini tashkil etish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olingan.
Xususan, 2023-2024-yillar qish-bahor mavsumida ichki iste’mol bozori uchun jami 2935 tonna (shundan: 1346 tonna kartoshka, 637 tonna piyoz, 433 tonna sabzi, 518 tonna guruch) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari talab etiladi va bunga jami 12,7 mrd so‘m mablag‘lar talab etiladi.
Tuman hokimligi shartnoma asosida 30 nafar tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash bo‘yicha tadbirkorlar ro‘yxati sharkllantirilib, barcha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olingan. Jami 2802 tonna (shundan: 1272 tonna kartoshka, 612 tonna piyoz, 408 tonna sabzi, 509 tonna guruch) mahsulotlar zaxirasi yaratilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM