Jaholatga qarshi ma’rifat. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda?

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, millatlar va diniy konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilinishini va aholiga nosog‘lom aqida singdirilishini oldini olish borasida fikr yuritildi. Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi Bunyod Rahmonqulov ma’lumot berdi.
Qayd etilagnidek, milliy va diniy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, jamiyatda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag‘rikenglik ruhini keng targ‘ib qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Hususan, umumta’lim maktablari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Tinchlik va osoyishtalik-barcha yutuqlarimiz asosi!”, “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”, “Ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari”, “Ogohlik davr-talabi”, “Biz terrorizmga qarshimiz!” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi va 41 mingga yaqin o‘quvchilar, fuqarolar ishtirok etishdi. 
Ta’lim muassasalarining o‘quvchi, talaba, pedagog va xodimlarining ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutaassib g‘oyalarga berilish holatlarining oldini olish, mehnat jamoalari orasida radikal g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish bo‘yicha tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM