Munosabat

Yaqinda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tumandagi “Sharof Rashidov” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar mahalla raisi faoliyatidan noroziligini bildirib, shikoyat arizasi yo‘llashgani, shuningdek, mahalladagi boshqa millat vakillariga qarashli qabristonning qarovsizligi, yo‘l muammolari, nazorat quduqlarining qopqoqlari yo‘qligi, elektr energiyasi kabi muommolar yuzasidan mahalla raisining yuqori tashkilotlarga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilgani tanqid ostiga olingan lavha e’lon qilindi.
Tuman hokimligi, tegishli tashkilot vakillaridan iborat ishchi gurug‘i tuzilib, holat o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi boshqa millat vakillariga qarashli qabriston haqiqatda tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi balansida emasligi aniqlandi. Shunga ko‘ra ushbu qabristonni tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansiga o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tasdiqlanib, chora-tadbirlar belgilab olindi. Bugungi kunda ushbu yer maydonini obodonlashtirish boshqarmasi balansiga o‘tkazish bo‘yicha viloyat hokimining qarorini chiqarish uchun kadastrlar palatasi tuman filiali tomonidan birlamchi hujjatlar tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari lavhada keltirilgan yo‘l muasalasi. Ushbu mahallaning ichki ko‘chalariga joriy yilning boshida Vazirlar Mahkamasining 635-sonli qarori asosida 2 kilometrga yaqin qismiga tosh-shag‘al yotqizildi. Mazkur ichki yo‘lga open byudjet (ovoz to‘plash yo‘li bilan) orqali asfaltlashtirish mumkinligi tushuntirildi.
Mahalla hududidagi nazorat quduqlarining qopqoqlari yo‘qligi ishchi gurug‘i tomonidan aniqlandi. Viloyat suv ta’minoti korxonasi kanalizatsiya bo‘limi tomonidan bir necha marta quduq qopqoqlari o‘rnatilganiga qaramasdan fuqarolar tomonidan o‘g‘irlab ketilayotgani bildirildi. Shu bilan birga mazkur muammoning oldi olinib, quduq qopqog‘i o‘rnatildi.
Bundan tashqari mahalladagi elektr energiyasi borasidagi muammolarning ham bir qismi bartaraf etildi. Xususan, mahalla hududida 60 dona temir beton o‘rnatildi. 1 dona yangi transformator 700 m kabelari o‘rnatildi. Bu boradagi ishlar ayni kunlarda ham davom ettirilmoqda. Kamchiliklar bosqimma-bosqich bartaraf etilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM