Samarqand tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni nima masala qiynamoqda?

Tuman hokimligida shu mavzu yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi Bunyod Rahmonqulov ma’lumot berdi.
Qayd qilinganidek, yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ishtiyoqi baland 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasi shakllantirilgan. “Yoshlar daftari”ga o‘tgan davr mobaynida 1610 ming nafar yoshlar kiritilib, ularning 993 nafari (45 foiz)ga amaliy yordam ko‘rsatildi. 
Shundan 12 nafari doimiy ish o‘rinlariga, 77 nafariga subsidiya asosida asbob-uskuna va mehnat qurollari, 259 nafariga to‘lov-kontrakt, 79 nafariga zamonaviy kasblar loyixasi doirasida o‘quv kurslari xarajatlari, 89 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi badal pullari, 111 nafariga tibbiy xizmat va sogligini tiklab olish maqsadida bir martalik moddiy yordamlari, 19 nafariga imtiyozli kredit, 48 nafariga dexkonchilik kilishlari uchun yer maydonlari, 5 nafariga 12 oygacha turar-joy ijara xarajatlari, 132 nafar yoshlarga iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 702 nafar yoshlar qo‘llab-quvvatlangan. Shundan 200 nafar yoshlar bir martalik moddiy yordam olishgan. O‘z-o‘zini band qilish maqsadida43 nafar yoshga 202 mln so‘m miqdorida asbob-uskunalar va mehnat qurollari tarqatilgan. 259 nafar yoshga jami 622 mln miqdorda kontrakt to‘lovini, 89 nafar yoshga 371 mln so‘m miqdorda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini, 50 nafar yoshlarning Turizm ob’yektlariga sayohatlar uchun mehmonxona va yo‘l xarajatlarini qoplash uchun 14 mln so‘m mablag‘ ajratildi. 65 nafar yoshlarga davolanish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 100 mln mablag‘ ajratildi. Besh tashabbus olimpiadasi doirasida yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan 150 nafar yoshlar rag‘batlantirildi.
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM