Tuman aholisi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror topshirish borasidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ochiq muloqotda tuman 1-con sport maktabi direktori Adilov Komil ishtirok etdi.
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tiborni alohida e’tirof etish lozim.
Bunga javoban tumanimiz yoshlari ham sportning barcha turlari bo‘yicha qator yutuqlarga erishmoqda, xususan, tuman bo‘yicha jami 89 ta, shundan 14 ta jahon chempioni, 16 ta Osiyo chempioni, 59 ta O‘zbekiston chempionligi qo‘lga kiritildi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi 
PQ-201 sonli “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Besh tashabbus olimpiadasining birinchi mavsumi musobaqalari besh bosqichda mahalla, sektor, tuman, viloyat hamda Respublika bosqichlari o‘tkazilib, musobaqalarda jami 30092 nafar yoshlarimiz ishtirok etishdi.
Tumanimiz sportchilari Respublika bosqichida jami 6 ta yo‘nalishda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallashdi. 
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan besh tashabbus olimpiadasining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan Yuqori Turkman mahallasiga universal sport maydonchasi hamda Ravonak mahallasiga Street workaut maydonchalari qurib berilishi bo‘yicha sertifikat berildi.
Shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil 
25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan 923 mln. so‘mlik loyiha asosida qurib bitkazilgan Yangiobod mahallasidagi ushbu sport inshooti eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlandi va sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Mahallalar kesimida “Sog‘lom hayot uchun 5000 ming qadam” shiori ostida yurish tadbirlari muntazam o‘tkazib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 20 mingdan ortiq yoshlar kamrab olindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM