Ochiq muloqotda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasi hamda ularni zamonaviy binolar bilan ta’milanishi, bugungi kundagi holatini o‘rganish hamda bu borada amalga oshiriliyotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Unda tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Hasanov ishtirok etdi.
Tumandagi MFYlarning moddiy-texnika bazasi yaxshilanayapti. Mahallalar yangi binoga ega bo‘lishi uchun olib borilayotgan  ishlar tahlil qilib borilmoqda. Ushbu tahlil natijasiga ko‘ra Samarqand tumanida 2023 yilda mo‘ljallangan MFY binolarni qurilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2021-yil 1-fevraldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish bo‘yicha 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturga asosan  
Tumandagi “Ohalik” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi 2022 yil 26 noyabr sanasida foydalanishga topshirilib,  mahallada 3727 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Aholiga zamon talablariga mos holda xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosi mahalla homiylari tomonidan 300 million sumlik bino qurilib foydalanishga topshirildi. “O‘rta Ohalik” 2022 yil  mahallasida 4084 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Aholiga zamon talablariga mos holda xizmat ko‘rsatish uchun 4 xonali mahalla binosi mahalla homiylari tomonidan  230 million sumlik bino qurilib foydalanishga topshirildi. “Shalg‘amon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi 2022 yil 30 noyabr sanasida foydalanishga topshirilib,  mahallada 2214 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Aholiga zamon talablariga mos holda xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosi mahalla homiylari tomonidan 270 million sumlik bino qurilib foydalanishga topshirildi.  
Mahallada faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarini (mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi)  ish faoliyatlarini yaxshilash maqsadida,  har birlariga kompyuter jamlanmasi hamda mebel jixozlari tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan berilib moddiy texnika bazasi yangilandi. 
Bugungi kunda “Sulfakabutak” hamda “Jo‘yi Abbos” mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida qurilish ishlari olib borilmoqda. Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan tumandagi 2 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binolarini joriy yilning 01 sentyabrga qadar to‘liq foydalanishga topshirish choralari ko‘rilmoqda. 
Samarqand tumanida 73 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari kadastr xujjatlari rasmiylashtirilgan. 
 Tumandagi Jo‘yi Abbos mahalla binosi bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda, mahalla binosi qurilgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralari ko‘riladi. 
Tumandagi “Talibarzui bolo”, “Navobod”, “Xishrov”, “Qorasuv” hamda “Diyor” mahalla fuqarolar yig‘ini binolari mahalla beshligi uchun  xonalar yetishmasligi,  qulay sharoit yaratib berish maqsadida mahalla homiylari va davlat xususiy  sherikchilik asosida MFY binolari qaytatdan qurish va kapital ta’mirlash uchun loyihalar tayyorlanmoqda. 
Tumandagi   74 ta  Mahalla binolari Internet tarmog‘iga ulangan. 12 tasi telefon tarmog‘idan  foydalanib kelmoqda. 
Mahalla fuqarolar yig‘ininning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash bo‘yicha 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga zamonaviy kompyuter jamlanmasi hamda 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga mebel jamlanmalari yetkazib berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM