Ohalikda mingdan ortiq daraxt ekildi

Samarqand tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida 410 ming tupdan ortiq mevali, manzarali va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 100 mingdan ortiq ko‘chat ekish ishlari olib borildi.

Bugun tumandagi Ohalik mahallasida tashkil etilgan amaliy seminarda ayni shu ishlar jadallik bilan olib borildi. Unda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari, tuman hokimi va sektor rahbarlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Amaliy seminarda Ohalik mahallasidagi 2 gektar yer maydoniga mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, loyihaga masul bo‘lgan rahbarlarga ishlarni yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalarni berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM