Tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni nima masala qiynamoqda?

Navbatdagi ochiq muloqot shu mavzuda bo‘ldi.
Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasi shakllantirilgan. Yo‘nalishlar kesimida “Yoshlar daftari”ga 1857 ming nafar yoshlar kiritilib, ulaning 1241 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Sektorlar kesimidagi tahlilga ko‘ra 1-sektor 322 nafar, 2-sektor 400 nafar, 3-sektor 366 nafar, 4-sektor 153 nafar yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Umuman olganda "Yoshlar daftari"ga kiritilganlar soni bo‘yicha tahlil qilinganida Samarqand tuman sektorlar tomonidan “Yoshlar daftari”dagi (57,4 foiz)ga amaliy yordam ko‘rsatilgan. 
Shundan 12 nafari doimiy ish o‘rinlariga, 77 nafariga subsidiya asosida asbob-uskuna va mehnat qurollari, 259 nafariga to‘lov-kontrakt, 79 nafariga zamonaviy kasblar loyixasi doirasida o‘quv kurslari xarajatlari, 89 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi badal pullari, 111 nafariga tibbiy xizmat va sogligini tiklab olish maqsadida bir martalik moddiy yordamlari, 19 nafariga imtiyozli kredit, 48 nafariga dexkonchilik kilishlari uchun yer maydonlari, 5 nafariga 12 oygacha turar-joy ijara xarajatlari to‘lab berilgan. 132 nafar yoshlarga iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 49 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 702 nafar yoshlar qo‘llab-quvvatlangan. Shundan 200 nafar yoshlar bir martalik moddiy yordam olishgan. O‘z-o‘zini band qilish maqsadida 43 nafar yoshga 202 mln so‘m miqdorida asbob-uskunalar va mehnat qurollari tarqatilgan. 259 nafar yoshga jami 622 mln miqdorda kontrakt to‘lovini, 89 nafar yoshga 371 mln so‘m miqdorda safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini, 50 nafar yoshlarning Turizm ob’yektlariga sayohatlar uchun mehmonxona va yo‘l xarajatlarini qoplash uchun 14 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
65 nafar yoshlarga davolanish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 100 mln mablag‘ ajratildi. Besh tashabbus olimpiadasi doirasida yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan 150 nafar yoshlar rag‘batlantirildi. Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM