Tumanda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ushbsu matbuot anjimanida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, tumanda tomorqa yer egalari soni 51 257 ta bo‘lib, 2975,0 gektar yer maydoni tashkil etadi. Dehqon xo‘jaliklar soni esa 697 ta bo‘lib, 154,5 gektar yer maydoni tashkil etadi.
Ushbu dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari 2024 yilda yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan.
Jumladan, sabzavot 2411 gektar ekilib, 25287 tonna mahsulot yetishtirishi rejalashtirilgan (shundan: pomidor 240 gektar, bodring 171 gektar, piyoz 187,0 gektar, sabzi 173 gektar, karam 112 gektar oshlavlagi 19 gektar, bulg‘or qalampir 138 gektar achchiq qalampir 46 gektar, baklajan 107 gektar, ko‘kat 197 gektar va rediska 15,5 gektar), poliz ekinlari 98,5 gektar ekilib, 2856 tonna mahsulot yetishtirishi rejalashtirilgan, kartoshka 610 gektar ekilib, 12192 tonna mahsulot yetishtirishi rejalashtirilgan, dukkakli ekinlar 130 gektar ekilib, 390 tonna mahsulot yetishtirishi rejalashtirilgan va 168 gektar boshqa ekinlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2520 tonna mahsulotlar ishlab chiqarish choralarini ko‘zda tutilmoqda. 
Shuningdek, tumandagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida 2024 yil 12 gektar yer maydonda 910 ta ixcham issiqxonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 6 gektar yer maydonda 595 tani tashkil etgan.
  Shu bilan birga, Samarqand tumanida 2023 yilda 2065 ta xonadondan iborat 7 ta mahallani (Nayzateppa, Talibarzu, Jo‘yi Abbos, Do‘stlik, Dehnav, Dashtiobod, Jarqishloq) "Bir mahalla-bir mahsulot" tamoyili asosida ixtisoslashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
  Bundan tashqari, tumanda faoliyat yuritayotgan 149 ta issiqxona xo‘jaliklari tomonidan 110 gektar yer maydonda issiqxonalar tashkil etilgan va limoniriya, ko‘katchilik hamda pomidor, bodring mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu issiqxon xo‘jaliklar tomonidan 250 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli hamda 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-sonli qaroriga qarorlariga asosan tumanda g‘alladan qisqargan jami 485,0 gektar sug‘orib haydaladigan yer maydonlarini “E-Auksion” elektron savdo tizimida 1578 ta lot bilan shakllantirilib, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ochiq elektron tanlovga qo‘yilgan va tanlov g‘oliblariga ajratib yer maydonlari ajratib berilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM