Samarqand tumanida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Unda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Firdavs Gʻaniyev ishtirok etdi.

-  O‘tgan yillarga nazar solib anglashimiz mumkinki, misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni guvohi bo‘ldik, uni his etdik, - dedi F.Gʻaniyev muloqotda. - Har sohadagi yangilanishlar, inson farovonligi va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning barchasi amalda bo‘y ko‘rsatdi. Bugun ham yangi kreativ yondoshuvlarni ko‘rib, yuksalishlar tendensiyasining faol a’zosi sifatida quvonamiz.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanganligi e’tiborga molik. Mazkur raqam baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol sifatida baholanadi.

Yetti yo‘nalishning beshinchi yo‘nalishida ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish belgilangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “YangiO‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Yangi O‘zbekistonni yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega bo‘lgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu konsepsiya asosida tumanimizda ham bir qator ishlar samarali amalga oshirildi. Jumladan, tuman umumtaьlim maktablarida o‘tkazilgan “Marifatli yoshlar-millat fahri” mavzusigida tadbirlar avvalo, yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini berdi. 

"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik",“Oilaviy ajrimlarning ko‘payishi – jamiyat tanazzuli, millat fojeasi” nomli yarashtiruv, “Bir nuroniy- o‘n nafar yoshga murabbiy”,“Bir ziyoli -bir mahallaga ma’naviy xomiy” tamoyili asosida tumandagi barcha maxallalarda tashkil qilingan tadbirlar jamiyat a’zolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida  “Mard askar - yoshlarga namuna” shiorida tadbirlar o‘tkazildi.

Ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot va badiiy ijod sohalarining tumanimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan “Vatan taraqqiyotiga mening xissam”  ko‘rik tanlovi,Alisher Navoiyning 582 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar, "Eng yaxshi kitobxon","Eng yaxshi kitobxon mahalla", "Ona bola kitobxon" ko‘rik tanlovi, "Eng namunali Ma’naviyat va ma’rifat xonasi" ko‘rik tanlovibo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish maqsadida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tadbirlar o‘tkazildi va turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalarga qarshi imunititetni  yoshlarda shakllantirish maqsadida maktablarda "Giyohvandlik-asr vabosi" mavzusida davra suhbatlari,"Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm taraqqiyot dushmani" mavzusida targ‘ibot ishlari, "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish”ga doir tadbirlar tashkil yetildi va shu bilan bir qatorda yoshlarda  zararli oqim va g‘oyalarga qarshi imunititetni  shakllantiradigan videoroliklar qo‘yib berildi.

Yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi asosida joriy yilning 23-25 mart kunlarii Samarqand tuman xalq ta’limiga qarashli barcha umumta’lim maktabi faol, iqtidorli va uyushmagan yoshlari Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalarga tashriflari uyushtirildi.

Milliy urf odatlarimizni ta rannum yetuvchi “Navro‘z umumxalq bayrami”,“Qurbon Xayit” bayramlari  va bir qator ijtimoiy-siyosiy bayramlar

8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami

“ O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun” “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligi kun”

Tuman xokimligida va maxalla, taьlim muassasalarida “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” va "Yangi O‘zbekiston-uchinchi renessans sari" mavzusida ma’ruzalar qilindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM