Bir kunda ikkita bog‘cha ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi arafasida Samarqand tumanida ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib, foydalanishga topshirildi.

Dastlab, tuman hokimi S.Usmanov, setor rahbarlari hamda keng jamotchilik vakillari Angarolmos mahallasidagi 27-son maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib,  bolalar dam olish xonalari, mashg‘ulotlar xonasi va sport zalilaridan iborat.
Barcha qulayliklarga ega ushbu tashkilotda malakali mutaxassislar bolajonlar uchun zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan o‘quv xonalarida ta’lim-ta’lim tarbiya berishadi. 

Shundan so‘ng ishtirokchilar Talibarzui poyon mahallasidagi 26-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi. Ushbu ta’lim tashkiloti ham 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Tadbir davomida tuman hokimi, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari bog‘chada yaratishgan sharoitlar bilan tanishdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM