Navbatdagi matbuot anjumanida tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilgi rejalar ochiqlandi

Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Faromoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida  qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi.
Bo‘lim tomonidan 2023-yil 3 chorak davomida kelib tushgan 161 ta xat va hujjatlarning 97 tasi ko‘rib chiqilib ijrosi ta’minlangan, 2 tasi rahbar huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilingan, 4 tasi bo‘yicha nazorat rejasi, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, 12 tasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan, 59 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. Ushbu topshiriqlarning 4 tasi doimiy ijrodagi topshiriq xatlarni tashkil qiladi.
Bo‘limda 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 83 ta turli mazmundagi shikoyatlari kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning                 81 tasi ko‘rib chiqilgan shundan, 54 tasi qanoatlantirilgan, 27 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan shikoyatlarning 28 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 55 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid shikoyatlarni tashkil etadi.
Kelib tushgan shikoyatlarning 30 tasi joyiga chiqib bevosita murojaat muallifi ishtirokida o‘rganib chiqilgan, 24 ta murojaatni o‘rganib chiqish uchun mutaxassis jalb qilingan.
Shikoyatlarni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha 31ta taqdimnoma hamda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida vakolatli organga 10 ta taklif kiritilgan.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 11 nafar aybdor xodimga nisbatan tegishli intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan, 10 nafar aybdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 
Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda,                     15 tasi mehnat nizolari yuzasidan, shundan 4 tasi oylik ish haqini olish masalasida, 3 tasi ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 17 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 4 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 3 ta kommunal to‘lovlar bo‘yicha, 10 ta soliq soxasoga oid, 4 ta yerga doir qonun hujjatlari va 21 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan shikoyatlardir.
Bundan tashqari ushbu davr davomida fuqarolardan jami 74 ta turli mazmundagi arizalar kelib tushgan bo‘lib, ushbu arizalarning 65 tasi hal etilgan. Hal etilgan arizalarning 20 tasi qanoatlantirilgan, 45 tasiga tegishli huquqiy tushuntirish berilgan.
Kelib tushgan arizalarning 4 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 21 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid murojaatlarni tashkil qiladi.
Kelib tushgan arizalarning 14 tasi qonun hujjatlariga tushuntirish  berish yuzasidan, 27 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, pensiya jamg‘armasiga oid 9 ta va 24 tasi boshqa maslalardagi arizalarni tashkil qiladi.
Bo‘lim tomonidan muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinmoqda.
O‘tkazilgan shaxsiy qabullar jarayonida 113 ta murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, shaxsan bo‘lim boshlig‘i tomonidan qabul qilingan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari 75 ta, bo‘lim xodimlari tomonidan qabul qilingan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari 38 tani tashkil qiladi.
Sayyor qabullar jarayonida 35 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shaxsan bo‘lim boshlig‘i tomonidan qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari 18 ta, bo‘lim xodimlari tomonidan qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari 17 tani tashkil qiladi.
Shaxsiy qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning 111 tasi hal qilinib, shundan 64 tasi qanoatlantirilgan, 46 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 1 ta murojaat xisobot oyi oxiriga qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Bo‘lim tomonidan 2023-yil davomida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 31 ta takliflar berilgan.
Bo‘limga xisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun 4 ta qaror yuborilgan, ushbu qarorlarning barchasi xalq deputatlari tuman kengashi qaror loyihasi bo‘lib,  3 tasiga nisbatan normativ tusdagi qarorlar bo‘lim tomonidan tegishli tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va bittasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazmasdan qaytarilgan.
Bo‘lim tomonidan 2023 yil davomida fuqarolarining qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudlarga jami 102 ta da’vo arizalari kiritilib, sudlarning tegishli qarorlari bilan qanoatlantirilgan va 2 mlrd.                                059 million. 922 ming.so‘mlik mablag‘lar fuqarolarning foydasiga undirilishi belgilangan.
Ushbu da’vo arizalarining barchasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash sohasida kiritilgan da’vo arizalarini tashkil qiladi.
Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, monitoringlar hamda murojaatlarni o‘rganib chiqish jarayonida jami; 10 751 ta qonunbuzilish holatlari jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida 4 854 ta, inson huquqlarini himoya qilish sohasida 5 781 ta, boshqa sohalar bo‘yicha 116 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonubuzilish holatlari turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, tashkilotlar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman hokimligiga 34 ta, ta’lim sohasiga oid 805 ta, sog‘liqni saqlash sohasiga oid 1 838 ta, yer resurslari va davlat kadastri idorasiga oid     29 ta, sanitariya epidemiologiya osoiyishtalik markaziga 301 ta, bandlik va mehnat munosabatlarida 189 ta, tabiiy gaz ta’minotiga oid 27 ta, soliq idoralariga 67 ta va boshqa tashkilotlar bo‘yicha 7 461 ta qonubuzilishlarni tashkil etadi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan bo‘lim tomonidan 2023-yil davomida jami 63 ta taqdimnoma kiritilgan bo‘lib, shundan; o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 14 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar tashkilotlar kesimida quyidagicha: jumladan, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish haqida hokimlikka 1 ta, yer resurslari va davlat kadastri idoralariga 2 ta, soliq idorasiga 2 ta, sanitariya  epidemiologiya osoiyishtalik markaziga 1 ta, ta’lim muassasalariga 8 ta, sog‘liqni saqlash muassasalariga 2 ta va boshqa tapshkilotlarga 7 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Ushbu taqdimnomalar ijrosi ta’minlanib, 22 nafar aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan. Fuqarolarga taqdimnoma asosida 13 mlrd. 005 million.  100 ming.so‘m mablag‘ qaytarilgan yoki to‘lab berilgan.
Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, monitoring hamda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan kiritilgan 59 ta takliflarga, shundan 38 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalarga asosan 57 nafar aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan. 
Qonun hujjatlari talabini buzish mumkin emasligi to‘g‘risida 204 ta ogohnoma kiritilgan. 
Sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida  7 marotaba so‘rovnomalar o‘tkazilib, ushbu so‘rovnomalarda 586 ta fuqarolar ishtirok etgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Faromonga asosan adliya bo‘limlari tomonidan «Respublika - Viloyat - Tuman - Mahalla» prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida jami: 955 ta targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan; televideniyada 22 ta, radioda 60 ta, gazeta va jurnallarda 74 ta, 799 marotaba VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalarida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan.

Tumandagi mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarga muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib kelingmoqda. Hisobot davriga qadar 47 marotaba ma’ruzalar, 33 marotaba davra suhbatlari va 15 marotaba seminarlar o‘tkazilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM