Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi o‘tkazildi

Navobod mahallasidagi “Gulobod mebel” savdo majmuasida tuman hokimi Sirojiddin Usmanov tadbirkorlarni qiynayotgan mummolarga huquqiy yechim topish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qonuniy qo‘llab-quvvatlash maqsadida hokim va tadbirkorlar uchrashuvini o‘tkazdi.

Unda 20 ga yaqin tadbirkor o‘zini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Xususan, servis xizmatini ko‘rsatish uchun yer ajratish, tadbirkorlik binosini qonuniylashtirish kabi muammolarini bayon etishdi. Ayniqsa, tijorat banklaridan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishda amaliy yordam so‘raldi.

Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha ro‘yxatga olinib, uning ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Uchrashuvda vaqt talab etadigan muammolar tegishli davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida chuqur o‘rganilib, qisqa muddatda qonuniy hal etiladigan bo‘ldi. Uchrashuv so‘ngida tumanda samarali faoliyat yuritib o‘zining brendini yaratgan tadbirkorlarga tashakkurnomalar topshirildi.


 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM