Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tuman hokimining qarori bilan noqonuniy tarzda fuqaro R.Umarova tomonidan tashkil etilgan NMTTga o‘yingoh uchun yer maydoni ajratilgani, ya’ni mazkur maydon magistral gaz quvurining himoya zonasi ekanligi tanqid qilingan.
Tuman hokimligi tomonidan ishchi guruhi tuzilib mazkur holat o‘rganildi.
O‘rganish davomida R.Umarova tomonidan tashkil etilgan NMTTga o‘yingoh uchun yer maydoni ajratilgani va buni buzdirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga davo arizasi bilan murojaat qilingan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi tomonidan 2022 yil 6 yanvar kuni sud ishi ko‘rib chiqilgan.
Ish holatlaridan aniqlanishicha, javobgar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasi qo‘shimcha ravishda bolalar o‘yingohi qurish va manzarali daraxt ekish uchun ajratilgan yer maydoni maktabgacha ta’lim muassasasiga qo‘shilgan holda atrofi poydevor va devor bilan o‘ralgan bo‘lib, yer maydoni ichida imorat qurilmagan aksincha devor va poydevorni buzish javobgar R.Umarovanin tadbirkorlik faoliyatini buzishga to‘sqinlik qilishi to‘g‘risida sud qarori chiqarilgan. Shuningdek, mazkur maydon magistral gaz quvurining himoya zonasi emasligi qayd etilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM