Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirokida o‘tgan ochiq muloqotda tumanda mahallabay ishlash bo‘yicha hokim yordamchilari bilan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, yaratilayotgan qulayliklar hamda mavjud imkoni

Tumanda 2023 yilda ishsiz fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha jami 2040 nafar ishsiz fuqarolarni iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan. O‘tgan davr mobaynida 2179 nafar ishsiz fuqarolar yo‘llanma orqali ishga joylashtirildi.
Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida jami 388 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb yetilgan.
Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida  25 776 ta doimiy, mavsumiy va vaqtincha yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dasturi rejalashtirilgan. Amalda sohalar va tarmoqlar kesimi buyicha aytadigan bo‘lsak, 19 326 nafar fuqarolarni xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik yo‘nalishida, hududlarda tashkil etiladigan mikro loyihalar va mikro markazlar, savdo servis, hunarmandchilik, turizm va norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish hisobidan 9936 nafar fuqarolarni “qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishida dehqon xo‘jalik uchun yer ajratish, klasterlar, fermer xo‘jaliklari va pillachilikda, takrori ekin uchun yerni ijaraga berish hisobidan, 1681 nafar fuqarolarni investisiya va qurilish yo‘nalishida bandligi ta’minlandi.
2023 yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-55, PQ-39 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan 1 991 nafar fuqarolarga 34,0 mlrd. so‘mlik hokim yordamchilari tomonidan o‘rganilib ijobiy tavsiyanomalar berildi.
Natijada 2 215 nafar yangi ish o‘rni yaratildi. Hokim yordamchilari ko‘magida tadbirkorlik qilish istagi bor fuqarolar Online-mahalla. Uz platformasi orqali ariza topshirib imtiyozli kreditlar uchun tavsiyanoma olib o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi.
Ajratilgan kreditlar yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda asalarichilik, dala do‘koni tashkil qilish, issiqxona va ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, limonchilik, parrandachilik, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik kabi qator yo‘nalishlarda tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarninng loyihalariga ijobiy tavsiyanomalar berildi.
2023 yilning 1-noyabrga qadar 1397 nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlik kurslariga o‘qitildi.
Bugungi kunga qadar 454 ta mikroloyhalar shakllantirilib, 414 tasi ishga tushirildi, mazkur loyhalar qoshida jami 1219 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, o‘tgan 11 oylik yakunga ko‘ra jami 13446 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sifatida davlat ro‘yxatida no‘tkazildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM