Tumandagi harbiy xizmatchi faxriylarni, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov ishtirok etdi.

O‘zbekistonda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi masalalari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini yanada yaxshilash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 
Ta’kidlanganidek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, faxriylarimiz hamda aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, tibbiy ta’minotini o‘z vaqtida va sifatli tashkillashtirish muhim hisoblanadi. 
Ana shu maqsadda Mudofaa vazirligida malakali harbiy shifokorlarni tayyorlash, ularning mahorati va tajribasini oshirish borasida keng miqyosli ishlar olib borilmoqda. 
Bugungi kunda tumanimizda mudofaa tizimida xizmat qilgan faxriylarmiz 102 nafar tashkil etib, shundan 33 nafari turli tashkilotlarda faoliyat olib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi 
92-sonli qaroriga asosan 68 nafar faxriy xizmatchilar “Bir nuroniy – o‘n nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga biriktiriladi va buning natijasida yoshlarga oid mavjud muammolar bevosita mahallaning o‘zida bartaraf etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha faxriy holidan xabar olish, ularga zarur bo‘lgan ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish, bayram tadbirila ularni jalb etish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek, harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM