“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Matbuot anjumanida tuman hokimining qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari O.Abdullayev ishtirok etdi.

 Samarqand tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar, buta va gul ko‘chatlarini ekish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning manzilli “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil kuz mavsumida “Dolzarb 40 kunlik” kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 443 ming dona manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek 2023-yil kuz mavsumida "hokimlik bog'lari"ni tashkil etish uchun  tumanning Qo‘shtamg‘ali mahallasidan 0,5 ga yer maydoni ajratigan bo‘lib, ushbu yer maydonida 300 ga yaqin daraxt ko‘chatlarini ekish uchun 30,0 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Tumandagi 74 ta mahallalardagi aholi yashash punktlari, ko‘p qavatli binolar va uy-joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari atrofi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi (ixota) hamda o‘rmon fondi yerlarida manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarini  uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. 
Shu bilan birgalikda 2023 yil kuz mavsumida daraxtlar ekish uchun 5 dan ziyod ko‘chatxonalar tashkil etilib, qo‘shimcha 500 ming. dona ko‘chatlar zaxirasi yaratiladi.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, tuman Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi kuchlari safarbar etilgan holda “Ekologik patrul” ishlash tizimi faoliyati kuchaytirish ishlari olib boriladi.
“Yashil makon” dasturining har bir bandi bo‘yicha ma’lumotlar “Yashil makon” elektron platformasiga kiritib borish. Dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi mahallalar kesimida ta’minlanib, dastur ijrosi bo‘yicha har oyda xalq deputatlari tuman Kengashlari yig‘ilishlarida deputatlarga, mahallalarda aholiga hisoboti olib borildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM